O‘zbekistonda bir odamga o‘rtacha 18 kvadrat metr uy-joy to‘g‘ri keladi. Boshqa davlatlarda vaziyat qanday?

1 daqiqa o'qish1.7K
O‘zbekistonda bir odamga o‘rtacha 18 kvadrat metr uy-joy to‘g‘ri keladi. Boshqa davlatlarda vaziyat qanday?
O‘zbekistonda uy-joy bilan ta’minlanish darajasi bir kishi boshiga 18,2 kvadrat metrgacha oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan o‘rtacha 2,2 kvadrat metrga ko‘paygan, ammo bu hali ham dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Bir kishiga o‘rtacha 18,2 kvadrat metr uy-joy to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2011 yilda bu ko‘rsatkich 15 kvadrat metrni tashkil qilgan.

Aholining uy-joy bilan ta’minlanishining eng yuqori ko‘rsatkichi Xorazm viloyatida (24,3 kv m), eng pasti esa Andijon viloyatida (13,3 kv m) qayd etildi.

Taqqoslash uchun, Rossiyada bir kishiga o‘rtacha 26,9 kv m, AQSHda 71 kv m, Germaniyada 40 kv m, Kanadada 75 kv m, Fransiyada 39 kv m, Yaponiyada 16 kv m va Turkiyada 18 kv m to‘g‘ri keladi. Aholi zich joylashgan Xitoyda ham bu ko‘rsatkich yuqori — 27 kv m.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?