Polyak gugurt cho‘plaridan diqqatga sazovor joylarning aniq nusxalarini yaratmoqda

Polshalik sobiq konchi Yanush Urbanskiy o‘zining azaliy orzusi – gugurt cho‘plari va elimdangina foydalanib, buyumlar, binolar va dunyodagi mashhur diqqatga sazovor joylarning aniq nusxalarini yaratishni ro‘yobga chiqarmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Urbanskiy bu mashg‘ulot bilan Ruda-Slensk shahridagi uyida shug‘ullanadi.

Polyak o‘z "san’at asarlarini" yaratish uchun o‘n minglab gugurt cho‘plaridan foydalangan.
U yaratgan buyumlar orasida San-Fransiskodagi Oltin darvozalar ko‘prigi, uning ona shahridagi Avliyo Ruh cherkovi, Zabje shahridagi futbol stadioni, shaxtalar, kemalar, avtomobillar, gitara, shaxmat donalari va taxtasi hamda boshqa buyumlarning nusxalarini uchratish mumkin.








Manba: Kun.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing