Buxorodagi yong‘indan keyin "Qur’on" kitobi butun holda saqlanib qoldi (video)

3 oktyabr kuni Buxorodagi «Karvon» bozorida yuz bergan yong‘indan keyin e’tiborni tortgan holat qayd etildi. Kuchli yong‘in oqibatida bozor hududidagi ko‘plab buyumlar yonib, jiddiy zarar yetgan.
Biroq yong‘indan keyin olingan kadrlarda yongan buyumlar orasida Qur’on kitobi zarar ko‘rmay, butun holda saqlanib qolgani ko‘rinadi.
Kadrlarda atrofdagi buyumlar yong‘indan zararlangani, ayrimlari esa kulga aylangani aks etgan. Shu bilan birga, Qur’on kitobi deyarli shikastlanmagan holda qolgani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda ham turli fikrlarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar kitobning yong‘indan keyingi holatiga e’tibor qaratib, buni hayratlanarli holat sifatida baholamoqda.






























Izohlar 0
…