12:49 / 12.06.2024
72

Samarqandda xo‘roz urishtirish uchun maxsus arena tashkil qilgan 45 yoshli erkak ushlandi

Samarqandda xo‘roz urishtirish uchun maxsus arena tashkil qilgan 45 yoshli erkak ushlandi
Kadr: Telegram
Samarqand viloyati Urgut tumanida xo‘roz urishtirish uchun maxsus arena tashkil etgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, IIB tezkor-qidiruv xizmati tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada Urgut shahrida yashovchi 45 yoshli fuqaro maxsus arena tashkil qilib, xo‘rozlarni pul evaziga urishtirib, qimor o‘yinini o‘tkazayotgani aniqlangan.

Surishtiruvlar davomida bir necha fuqaro o‘zlariga tegishli bo‘lgan xo‘rozlarni urishtirish maqsadida olib kelgani ma’lum bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, mazkur o‘yinni tomosha qilish uchun 200 ga yaqin odam kelgan.

Tashkilotchining yonidan tomoshaga tashrif buyurgan fuqarolardan yig‘ib olingan jami 3 million 225 ming so‘m miqdoridagi pullar rasmiylashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan qimorxona tashkil qilgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) 1-qismiga asosan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xo‘roz urishtirishda qatnashgan va IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda xo‘roz urishtirish uchun maxsus arena tashkil qilgan 45 yoshli erkak ushlandi