06:04 / 30.03.2025
865

Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva 29 mart kuni O‘g‘iljahon Gurbanguliyevna Atabayeva taklifiga binoan Turkmanistonda tashkil etilgan «Tinchlik va ishonch yili: bolalar uchun xalqaro faoliyatni rivojlantirish» nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
«Xalqlarimizni nafaqat qo‘shnichilik, balki asrlar davomida shakllangan qon-qardoshlik aloqalari, umumiy madaniyat va buyuk tarix bog‘lab turadi. Ayniqsa, Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi xayriya jamg‘armasining faoliyati menda katta taassurot qoldirdi — bu bolalarga g‘amxo‘rlik, mas’uliyat va samimiy muhabbatning yorqin namunasidir», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Uning ta’kidlashicha, forum kelajak avlodlar manfaati uchun hamjihatlikda ishlash, tajriba almashish va o‘zaro samarali aloqalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
«Biz hamkorlikka doim tayyormiz va birgalikda farzandlarimiz uchun bundan ham ko‘proq ishlarni qila olishimizga ishonchimiz komil. Chunki ularning baxti — bizning umumiy kelajagimizdir», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat