date
views 2 571

O‘zbekistonlik haydovchilar Yaponiyada ishlaydi

O‘zbekistonlik haydovchilar Yaponiyada ishlaydi
O‘zbekistonlik haydovchilar endi Yaponiyaga ishlash uchun yo‘l oladi, deb nova24.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yaponiyaning Shimizu Corporation kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda ikki tomon o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Yaponiyaning turli hududlarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Vakansiyalar soni oshirilishi va yangi loyihalar joriy qilinishi kutilmoqda.

Bugungi kunda ushbu kompaniyaning qurilish va ishlab chiqarish sohalarida 150 nafar o‘zbekistonlik ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston va Janubiy Koreya ham mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangilik e’lon qilgan — o‘zbekistonliklar Ulsan shahrida eksperimental ravishda ish vizasini olishni yengillashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat