Qozog‘istonga boradigan o‘zbekistonliklarga qulaylik: endi QR-kodning o‘zi yetadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari uchun chegaralararo to‘lovlarni amalga oshirishni yengillashtiruvchi yangi imkoniyat joriy etilmoqda. Endilikda o‘zbekistonliklar Qozog‘istonda mahalliy yagona QR-kod tizimi orqali, qozog‘istonliklar esa O‘zbekistonda UzQR yordamida xaridlar uchun to‘lov qilishi mumkin bo‘ladi.
Yangi tizim orqali O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istondagi savdo nuqtalarida mahalliy QR-kod tizimidan foydalanib, xaridlar uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lov amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bu esa chet elda kundalik xarajatlarni amalga oshirish jarayonini soddalashtirishi kutilmoqda. Xuddi shunday imkoniyat Qozog‘iston fuqarolari uchun ham yaratiladi. Ular O‘zbekistondagi xaridlar vaqtida UzQR orqali to‘lov qilishlari mumkin bo‘ladi.
Ya’ni ikki davlat fuqarolari uchun QR-kod orqali chegaralararo to‘lov qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.































Izohlar 0
…