Xalq bahosi — asosiy mezon: davlat xizmatlariga nisbatan yangi tizim joriy etiladi

1 daqiqa o'qish335
Xalq bahosi — asosiy mezon: davlat xizmatlariga nisbatan yangi tizim joriy etiladi
Yangi farmonga asosan, 2026 yil 1 yanvardan boshlab barcha davlat xizmatlari tuman va shahar miqyosida aholining bevosita bahosi asosida baholanadigan yangi tizim joriy qilinadi.

Bu nima degani?

Endi xalq qaysi davlat organi qanday ishlayotganini o‘zi baholaydi va natijalar asosida vazirlik, idora rahbarlari hamda hokimlar shaxsiy javobgarlikka tortiladi.

Javobgarlik kuchayadi, sun’iy intellekt joriy etiladi

Yana bir muhim yangilik — sun’iy intellekt asosida ishlaydigan onlayn platforma ishga tushiriladi. Bu xizmat fuqarolarga oddiy, tez va qulay tarzda mobil telefoni orqali turli muammolariga javob topish imkonini beradi.

Iqtisodiyotda ochiqlik va shaffoflik — birinchi o‘rinda

Farmonda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan qator mexanizmlar ham nazarda tutilgan. Jumladan:
  • Davlat xaridlarida tovar yoki xizmat narxi bozor narxidan ortiqcha bo‘lsa, shu yo‘l bilan xarid amalga oshirgan mansabdor javobgarlikka tortiladi.
  • 2025 yil 1 iyuldan yirik investitsiya loyihalarida xalqaro antikorrupsiya standartlari va auksionlarning raqobatbardoshlik ekspertizasi joriy etiladi.
  • “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi qamrovi kengaytirilib, u xalqaro loyihalarga ham bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.

2025 yil oxirigacha qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Xalqaro tender obyektlari bo‘yicha subpudratchilar “Shaffof qurilish” tizimi orqali jalb qilinadi.

Qiymati 2 mln dollargacha bo‘lgan tenderlar, agar ular xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan moliyalashtirilsa, faqat shu tizim orqali o‘tkaziladi.

Xalqaro tenderni yutgan chet el kompaniyalari, shartnoma qiymatining kamidan 60 foizini o‘zlari bajarishlari shart bo‘ladi — bunda "faqat nomiga kelishib, ishni boshqaga topshirish" amaliyotiga chek qo‘yiladi.

Siz nima deb o‘ylaysiz — yangi tizim rahbarlar ishini yaxshilaydimi? Xalq baxosi haqiqiy o‘zgarishlarga olib keladimi?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?