Sergelida tomdan kirib do‘konni o‘marib ketgan shaxs ushlandi

1 daqiqa o'qish321
Sergelida tomdan kirib do‘konni o‘marib ketgan shaxs ushlandi
Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan do‘konga o‘g‘irlikka kirgan shaxs tez fursatda qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi, deya yozmoqda UPL.uz.

Ma’lum qilinishicha, Choshtepa ko‘chasida joylashgan va Davlat qo‘riqlash xizmatiga ulangan do‘kondan signal kelib tushgan. Hodisa joyiga yetib borgan huquq-tartibot xodimlari noma’lum fuqaro yuzini yashirish uchun futbolkani boshiga kiyib olganini, tom qoplamasini buzib, do‘konga kirganini aniqlashgan. U yerdan 300 dona sigaret blokini olib chiqib, qochmoqchi bo‘lgan.

Biroq tezkor chora ko‘rgan ichki ishlar xodimlari jinoyatchini ushlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Do‘kon egasi avval ham bir necha marotaba o‘g‘irlik holatlari bo‘lganini, biroq faqat qo‘riqlash tizimi o‘rnatilgandan so‘ng jinoyatchi ushlanganini ta’kidladi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “O‘g‘irlik” moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?