Ajrimlar soni ko‘paydi: Qaysi hududlar yetakchilik qilmoqda?

1 daqiqa o'qish5.8K
Ajrimlar soni ko‘paydi: Qaysi hududlar yetakchilik qilmoqda?
2025-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 23,3 mingta nikohdan ajralish holati qayd etildi, deb xabar berdi uz24.uz. Bu o'tgan yilning shu davriga qaraganda 800 taga ko‘p degani.

Ayrimlar buni zamonaviy hayotdagi bosimlar, iqtisodiy muammolar yoki madaniy o‘zgarishlar bilan bog‘laydi. Ammo haqiqat shuki – oilalar tobora ko‘proq sinovdan o‘tyapti.

Shaharlarda ajrimlar 14,1 ming holatni tashkil qilgan bo‘lsa, bu umumiy ko‘rsatkichning 60,6 foizini tashkil etadi. Qishloqlarda esa 9,2 mingta holat, ya’ni 39,4 foiz.

Ajrimlar soni eng ko‘p qayd etilgan hududlar:

- Toshkent shahri: 1,5 ming
- Toshkent viloyati: 1,2 ming
- Farg‘ona viloyati: 1,2 ming

Eng kam ajrim holatlari esa Navoiy viloyatida bo‘lgan – atigi 310 ta.

Shu bilan birga, 2025-yilning dastlabki yarmida nikohlar soni ham pasaygan. Umumiy hisobda 95,3 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lib, bu o'tgan yilga nisbatan 2,1 mingta kam.

Bu raqamlar ortida esa hayotiy savollar turibdi: nima uchun ajrimlar ortmoqda? Nega oilaviy barqarorlik izdan chiqyapti?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?