00:54 / 15.12.2016
7 372

Xitoylik milliarder AQShliklarni ishsiz qoldirishini aytdi

Xitoylik milliarder AQShliklarni ishsiz qoldirishini aytdi

Vashington va pekin o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi 20 ming amerikalikning ishsiz qolishiga olib kelishi mumkin, dedi Xitoyning eng boy kishisi, Dalian Wanda Group korporasiyasi rahbari Van Szyanlin. Bu haqda Sputnik nashri xabar qilmoqda.

Xitoy xalqaro radiosining ma’lum qilishicha, bu haqda Van Szyanlin AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning "yagona Xitoy" siyosati haqidagi fikrlariga javoban butunxitoy biznes sammitida aytgan.

"Men AQShga o‘n milliard dollardan ortiq investisiya kiritganman, 20 ming ish o‘rni yaratganman. Agar biror noto‘g‘ri harakat sodir bo‘lsa, bu yigirma ming kishi ishsiz qoladi", — degan xitoylik milliarder.

Ilgariroq Donald Tramp Fox News telekanaliga intervyusida Pekin unga Tayvan bilan munosabatlar masalasida aql o‘rgata olmasligini aytgandi. U AQSh nima uchun "yagona Xitoy" siyosatini ma’qullashi lozimligini tushunmasligini bildirgandi. Bunga javoban XXR TIV vakili Gen Trampning bayonotidan "jiddiy xavotirda" ekanligini bildirib, Tayvan masalasi Xitoyning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligiga masalasi ekanligini aytgandi.

"Xujun" tadqiqot tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Dalian Wanda korporasiyasi rahbari Van Szyanlinning boyligi 32,1 milliard dollar bo‘lib, u Xitoyning eng boy kishisi sanaladi.

Dalian Wanda ofis va turarjoy binolari qurish, sport, turizm, kino sohasi bilan shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoylik milliarder AQShliklarni ishsiz qoldirishini aytdi