Bo‘zsuv ifloslanishi ortidan “Suv ta’minoti” jinoyat ishi oldi

1 daqiqa o'qish228
Bo‘zsuv ifloslanishi ortidan “Suv ta’minoti” jinoyat ishi oldi

Toshkent viloyatidagi Bo‘zsuv kanalidagi ifloslanish atrofida bahslar kuchaymoqda. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tekstil korxonalari tomonidan kanalga rangli bo‘yoq suvlari oqizilayotgani haqidagi videolar tarqalgan edi. Bu holatdan keyin Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tekshiruv o‘tkazdi va natijada davlat korxonasi — “Toshkent suv ta’minoti” AJga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, oqova suv chiqarish nuqtalarida o‘tkazilgan laboratoriya tahlillari holatning qanchalik xavfli ekanini ochib berdi. Xususan, “Bo‘zsuv aeratsiya inshooti”ning birinchi tashlama nuqtasida muallaq moddalar me’yordan 23,7 marta, ammoniy ioni 101,9 marta, azot nitrit 3,5 marta, sulfatlar 2,3 marta, fosfatlar 1,3 marta yuqori ekanligi qayd etilgan. Shuningdek, BPK ko‘rsatkichi 19,6 marta, neft mahsulotlari 2,52 marta, mis 4,16 marta, temir esa 12,4 marta me’yordan oshib ketgani ma’lum qilindi.

Obyektning uchinchi tashlama nuqtasida ham vaziyat jiddiy bo‘lib chiqdi: muallaq moddalar 22,1 marta, ammoniy ioni 19,9 marta, azot nitrit 8,5 marta, sulfatlar 2,8 marta, fosfatlar 1,3 marta, BPK 17 marta, neft mahsulotlari 1,78 marta, mis 3,3 marta, temir esa 3,6 marta me’yordan yuqori ekanligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, atrof-muhitni ifloslantirish va oqova suvlar oqizish natijasida davlatga 1 milliard 511 million 966 ming 450 so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Shu sababdan Bosh prokuratura Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bo‘yicha “Toshkent suv ta’minoti” AJga nisbatan jinoyat ishi ochdi. Ayni paytda Toshkent shahar prokuraturasi tergov ishlarini olib bormoqda.

Ekologlar ta’kidlashicha, mazkur holat nafaqat tabiatga, balki aholi salomatligiga ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Jamoatchilik esa bu ishda qat’iy choralar ko‘rilishini talab qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?