Mahkuma ayollar uchun masofaviy ta'lim imkoniyati yaratiladi

1 daqiqa o'qish196
Mahkuma ayollar uchun masofaviy ta'lim imkoniyati yaratiladi

O'zbekistonda jazoni o'tayotgan ayollarni jamiyatga moslashtirish va ularning ta'lim olish huquqlarini ta'minlash maqsadida muhim tashabbus ilgari surildi. Ko'ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbirida jinoyatga qo'l urgan ayollar bilan manzilli ishlashga qaratilgan Yangi hayot dasturi boshlanishi e'lon qilindi.

Ushbu dastur doirasida mahkumalar 3 dan 6 oygacha bo'lgan muddatda turli kasb hunarlarga o'qitiladi va yakunda maxsus sertifikatlarga ega bo'lishadi. Bu ularning ozodlikka chiqqandan so'ng mehnat bozorida o'z o'rnini topishiga yordam beradi.

Eng muhim yangiliklardan biri shundaki, endilikda jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan ayollar uchun oliy ta'lim olish imkoniyati kengaytirilmoqda. Ular muassasaning o'zida imtihon topshirib, oliygohlarga kirish va masofaviy shaklda o'qish huquqiga ega bo'ladilar. Kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan mahkumalarga esa davlat tomonidan qo'llab quvvatlash choralari ko'riladi. Xususan, jazoni o'tab, ishga joylashgandan so'ng qaytarish sharti bilan foizsiz ssudalar ajratilishi rejalashtirilgan.

Mazkur chora tadbirlar ayollarning ta'lim olishga bo'lgan intilishini rag'batlantirish hamda ularning jamiyatga to'laqonli qaytishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?