Kafelarda joy topolmagan muxlislar o‘yinni avtomobil bagajidan tomosha qildi

O‘zbekiston terma jamoasining o‘yini vaqtida kafelar va tomosha zonalarida bo‘sh joy qolmagach, muxlislar ochiq osmon ostida o‘ziga xos kichik fan-zona tashkil etishdi. Ekopark yaqinidagi bir guruh futbol ishqibozlari avtomobil bagajiga televizor o‘rnatib, uni akkumulator yordamida elektr energiyasiga ulab, uchrashuvni jonli efirda kuzatishdi. Mazkur jarayon tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olindi.
O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi vaqtida muxlislar terma jamoani qo‘llab-quvvatlashning noodatiy usulini o‘ylab topishdi. Kafelar va tomosha zonalarida bo‘sh joy qolmagani sababli ayrim futbol ishqibozlari o‘zlariga ochiq osmon ostida kichik fan-zona tashkil qildi.
Ekopark yaqinida bir guruh muxlislar avtomobil bagajiga televizor o‘rnatib, uni akkumulator orqali elektr energiyasiga ulagan holda o‘yinni jonli efirda tomosha qilishdi. Ular shu tariqa nafaqat o‘zlari uchun qulay muhit yaratdi, balki atrofdagilarning ham e’tiborini tortdi.
Videolar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘pchilik bunday g‘oya muxlislarning futbolga bo‘lgan muhabbati va terma jamoaga sadoqatini namoyon etishini ta’kidladi.
Qizig‘i shundaki, ushbu hududdan YPX xodimlari ham bir necha bor o‘tib turgan, biroq terma jamoani qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarga hech qanday to‘sqinlik qilinmagan.






























Izohlar 0
…