Toshkentda shubhali 176 kilogramm go‘sht yo‘q qilindi

Toshkentda shubhali 176 kilogramm go‘sht yo‘q qilindi
Qisqacha

Shayxontohur tumani Sanepidqo‘mita mutaxassislari «Eski Juva» dehqon bozorida o‘tkazgan reyd davomida veterinariya hujjati bo‘lmagan 176 kilogramm shubhali mol go‘shtini aniqladi. Qora polietilen paketlarda va sanitariya talablariga zid ravishda saqlangan mazkur mahsulot aholi salomatligiga xavf tug‘dirgani sababli savdo muomalasidan olib qo‘linib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Shayxontohur tumani Sanepidqo‘mita mutaxassislari oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida «Eski Juva» dehqon bozorida reyd o‘tkazdi.

Monitoring davomida bozor avtoturargohida 176 kilogramm muzlatilgan mol go‘shti aniqlangan. Mahsulot qora polietilen paketlarda saqlangan bo‘lib, unga tegishli veterinariya hujjatlari bo‘lmagan. Shuningdek, go‘shtni saqlashda sanitariya talablariga rioya qilinmagan.

Aholi salomatligi uchun ehtimoliy xavf tug‘dirishi sababli mazkur go‘sht savdo muomalasidan olib qo‘yilgan va belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va saqlash qoidalari bilan bog‘liq yana oltita qoidabuzarlik aniqlangan. Mas’ul shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Harbiy kiyimdagi shaxslar yuk mashinasidan go‘sht mahsulotlarini tushirishmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar