O‘zbekistonda o‘zbeklardan keyin qaysi millat eng ko‘p?

2026 yilda o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘zbeklardan keyin eng ko‘p millat vakillari tojiklar ekani ma’lum bo‘ldi.
Mamlakatning doimiy aholisi orasida o‘zbeklar soni 34 million 901 ming 261 nafarni tashkil etgan. Bu jami aholining 89,4 foiziga teng.
Milliy tarkib bo‘yicha ikkinchi o‘rinda tojiklar qayd etilgan. Ularning soni 1 million 276 ming 941 nafar bo‘lib, umumiy aholining 3,27 foizini tashkil qiladi.
Keyingi o‘rinlarda:
• Qoraqalpoqlar — 841 ming 397 nafar, 2,15 foiz
• Qozoqlar — 707 ming 329 nafar, 1,81 foiz
• Ruslar — 606 ming 528 nafar, 1,55 foiz
• Qirg‘izlar — 219 ming 91 nafar, 0,56 foiz
• Turkmanlar — 194 ming 757 nafar, 0,50 foiz
Shuningdek, O‘zbekistonda boshqa millatlarga mansub 300 ming 19 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning ulushi 0,77 foizni tashkil etgan.































Izohlar 0
…