Aholini ro‘yxatga olish uchun har bir fuqaroga qancha sarflandi?

Aholini ro‘yxatga olish uchun har bir fuqaroga qancha sarflandi?

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda bir nafar aholini ro‘yxatga olish uchun 0,12 AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflangan.

Bu amaldagi hisob-kitob bo‘yicha har bir kishi uchun taxminan 1 444 so‘m xarajat qilinganini anglatadi.

Mazkur xarajatlar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish bilan bog‘liq ishlarni qamrab olgan.

Ro‘yxatga olish natijalari mamlakatda aholi soni, hududlar kesimidagi demografik holat, milliy tarkib va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlashga xizmat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar