Buxoroda IELTS'dan 8 ball olgan 15 yoshli qiz fojiali tarzda vafot etdi

Buxoroda IELTS'dan 8 ball olgan 15 yoshli qiz fojiali tarzda vafot etdi

Buxoro viloyatida IELTS imtihonidan 8 ball olganini yaqinlari bilan nishonlagan 15 yoshli qiz elektr toki urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qiz yuqori natijaga erishgani munosabati bilan qarindoshlari xonadonga yig‘ilgan. Mehmonlar tarqalgach, u idish-tovoqlarni yuvayotgan vaqtida elektr quvvatlagichiga tegib ketgan va tok urishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan aniqlik kiritgan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 17 iyun kuni G‘ijduvon tumani IIB navbatchilik qismiga 2010 yilda tug‘ilgan qizning elektr toki urishi oqibatida vafot etgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyi tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan. Daliliy ashyo sifatida elektr uzatgich hamda havo sovutish uskunasi olingan. Dastlabki ko‘rikda marhumaning chap qo‘l kafti va o‘ng oyoq bosh barmog‘i atrofida elektr toki ta’siridan yuzaga kelgan shikastlar aniqlangan, boshqa tan jarohatlari qayd etilmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar