Andijonda 15 yoshli qizning jasadi kanaldan topildi

Andijon viloyatining Marhamat tumanida 15 yoshli qiz halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Marhamat tumani «Ershi» mahallasida yashovchi, 2010 yilda tug‘ilgan M.E. 2026 yil 30 iyun kuni taxminan soat 02:30 larda mahalla hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanali ustidagi avtomobil ko‘prigi yaqinida suvga tushib ketgan.
Tezkor qidiruv ishlari davomida voyaga yetmagan qizning jasadi 1 iyul kuni Janubiy Farg‘ona kanalining Farg‘ona viloyati Toshloq tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida aniqlangan.
Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Hodisaning barcha holatlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilishi belgilangan.






























Izohlar 0
…