O‘zbekistonda bir million so‘mga sotilayotgan o‘rgatilgan chigirtka tarmoqlarda qiziqish uyg‘otmoqda

O‘zbekistonda bir million so‘mga sotilayotgan o‘rgatilgan chigirtka tarmoqlarda qiziqish uyg‘otmoqda

O‘zbekistonda noodatiy e’lon ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi. Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro chigirtkani 1 million so‘mga sotishini ma’lum qilgan.

E’londa chigirtka "o‘rgatilgani" va ba’zi buyruqlarni tushunishi ta’kidlangan. Muallif uning poliz ekinlarida voyaga yetgani hamda kechasi yoqimli ovoz chiqarishini ham qo‘shimcha qilgan.

Bu xabar tarmoqlarda hazil va qiziqish bilan qabul qilindi. Ko‘pchilik bunday narx oddiy hasharot uchun kutilmagan ekanini yozmoqda.

Shu bilan birga, ayrim foydalanuvchilar e’lon e’tibor tortish uchun qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Chigirtka sotilgani yoki sotilmagani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar