Farg‘onada mast haydovchi urib yuborgan YPX xodimi vafot etdi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori mast haydovchi sabab yuz bergan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi.
Hodisa 31 iyul kuni soat 23:30 atrofida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Spark avtomobilini mast holatda boshqargan haydovchi YPX inspektori, serjant Hayitbek Karimjonovning transport vositasini to‘xtatish haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmagan.
Shundan so‘ng haydovchi harakatini davom ettirib, inspektorni urib yuborgan. Og‘ir tan jarohatlari olgan YPX xodimi zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun barcha zarur choralarni ko‘rganiga qaramay, Hayitbek Karimjonov jonlantirish bo‘limida vafot etgan.






























Izohlar 0
…