Kanalga tushgan Cobalt'dagi ayolni YPX xodimi qutqardi

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil bilan kanalga tushib ketdi. Voqea vaqtida YPX xodimining jasorati tufayli mashinadagi ayol qutqarib qolindi.
Ma’lum qilinishicha, YPX xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda uning oldida harakatlanayotgan Cobalt to‘satdan boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi kanalga tushib ketgan.
Holatni ko‘rgan xodim xizmat avtomobilini zudlik bilan to‘xtatib, hech ikkilanmasdan yordamga oshiqqan. U suvda xavfli vaziyatda qolgan ayolni ko‘rib, kanalga tushgan va uni qirg‘oqqa olib chiqqan.
Shundan so‘ng ayolga zarur birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yuborilgan.
Hodisa guvohlarining aytishicha, YPX xodimi maxsus kiyimi bilan suvga tushib, ayolni xavfli vaziyatdan qutqarib qolgan.
Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Foydalanuvchilar YPX xodimining tezkorligi va jasoratini yuqori baholamoqda.






























Izohlar 0
…