11:52 / 20.06.2017
8 714

Toshkentda qizlarni fohishalik uchun Malayziyaga olib ketayotgan ayol qo‘lga tushdi

Toshkentda qizlarni fohishalik uchun Malayziyaga olib ketayotgan ayol qo‘lga tushdi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi.

Aniqlanishicha, Bekobod shahrida vaqtincha yashovchi X.A. (1984 yilda tug‘ilgan) tanishlari M.O. (1983 yilda tug‘ilgan) va H.N.ni (1998 yilda tug‘ilgan) Malayziya davlatining Kuala-Lumpur shahridagi mehmonxonalarning birida o‘zining jinoiy sherigi "Sem" ismli tanishi bilan birga ulardan fohishalikda foydalanish maqsadida "Toshkent-Kuala-Lumpur" yo‘nalishi orqali Malayziya davlatiga olib chiqib ketayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Undan o‘zini va M.O. va H.N.ning nomiga yozilgan "Toshkent-Kuala-Lumpur" yo‘nalishiga berilgan aviachiptalar ashyoviy dalil sifatida olindi. Ushbu holat yuzasidan X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qizlarni fohishalik uchun Malayziyaga olib ketayotgan ayol qo‘lga tushdi