Bank xodimi ishtirokidagi jinoiy guruh aniqlandi

Bank xodimi ishtirokidagi jinoiy guruh aniqlandi

Toshkent shahrida banklar nomidan fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, ularning bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirgan va nomlariga onlayn kreditlar rasmiylashtirgan jinoiy guruh aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, guruh a’zolari o‘zlarini bank xodimlari sifatida tanishtirib, fuqarolarning mablag‘larini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, ular jabrlanuvchilar nomiga onlayn kreditlar rasmiylashtirgan.

Guruh tarkibida yirik banklardan birining kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi ham bo‘lgan. Jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan 8 million dollar miqdoridagi mablag‘ kriptovalyutaga aylantirilib, xorijga olib chiqilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar