Olmazor tumanida 16 yoshli qiz o‘z uyida osilgan holda topildi

Olmazor tumanida 16 yoshli qiz o‘z uyida osilgan holda topildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda vafot etgan holda topildi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, 2026 yil 12 oktyabr kuni soat 18:12 da «112» raqami orqali kelib tushgan xabar asosida Toshkent shahri Olmazor tumanidagi «Ibrohim ota» mahallasi, Chuqursoy ko‘chasida joylashgan xonadonda 2010 yil 17 avgustda tug‘ilgan M.R.ning vafot etgani aniqlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qizning ukasi uy eshigi qulflangani sababli balkon orqali xonadonga kirgan va opasini osilgan holatda ko‘rgan. Hodisa joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari uning vafot etganini qayd etgan.

Ayni vaqtda mazkur holatning barcha tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar