MIB yordamida farzandlar onasining bag‘riga qaytarildi

Farzand uchun ona mehridan, uning g‘amxo‘rligi va mehribonligidan ortiq baxt yo‘q. Zero, bolaning sog‘lom va barkamol ulg‘ayishida oila muhiti, ota-ona mehri va e’tibori beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan, voyaga yetmagan ikki nafar farzandni otasi D.D.dan onasi M.K.ning tarbiyasiga olib berish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, davlat ijrochilari tomonidan uning qonuniy va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash choralari ko‘rildi.
Olib borilgan tushuntirish ishlari o‘z samarasini berdi. Natijada, javobgar tomonidan farzandlar onasiga topshirilib, ikki nafar voyaga yetmagan bola ona bag‘riga qaytarildi va sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.































Izohlar 0
…