Surxondaryoda chaqalog‘ini hojatxonaga tashlagan onaga sud hukmi chiqarildi

Surxondaryoda chaqalog‘ini hojatxonaga tashlagan onaga sud hukmi chiqarildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Surxondaryo viloyatida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini hojatxonaga tashlab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan ayolga sud hukmi o‘qildi.
  • 1993 yilda tug‘ilgan D.E.
  • Jinoyat kodeksining 99-moddasi bilan aybli deb topilib, uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
  • Sud jarayonida ayolning aybiga iqrorligi, pushaymonligi, voyaga yetmagan farzandi borligi va homiladorligi jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida inobatga olindi.

Surxondaryo viloyatida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini hojatxonaga tashlab yuborgan ayolga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. U Jinoyat kodeksining 99-moddasi bilan aybli deb topilib, uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ sud hujjatlariga tayanib xabar berdi.

Sud materiallariga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan D.E. 2024 yil noyabr oyida Sho‘rchi tumanida yashovchi A.O‘. bilan shar’iy nikoh asosida oila qurgan. 2025 yil aprel oyida ularning qiz farzandi dunyoga kelgan. Shu yil sentyabr oyida esa ayol yana homilador bo‘lgan.

2026 yil 8 iyun kuni D.E. Sho‘rchi tumanidagi uyidan Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi ota-onasinikiga kelgan. Ikki kundan so‘ng, ertalab soat 05:00 atrofida u uy orqasidagi hojatxonada qiz farzandini tug‘ib, chaqaloqni uning ichiga tashlab yuborgan.

Sudda ayol chaqaloq o‘lik tug‘ilgan deb o‘ylaganini bildirgan. Biroq sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida uning o‘limi nafas yo‘llari najas bilan to‘silib qolishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya bilan izohlangan.

Sud majlisida D.E. aybini tan olib, qilmishidan pushaymonligini aytgan. U qaramog‘ida farzandi borligi va homiladorligini inobatga olib, jazoni yengillashtirishni so‘ragan. Chaqaloqning otasi ham ayolga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirib, suddan unga yengillik berishni iltimos qilgan.

Sud ayolning aybini tan olgani, pushaymonligi, avval sudlanmagani, voyaga yetmagan farzandi borligi va homiladorligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida baholagan. Jinoyatni g‘arazli va past niyatlarda sodir etilgan deb topib, buni jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida qayd etgan.

Sud hukmiga ko‘ra, D.E. uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan. Unga nazorat qiluvchi organ roziligisiz yashash joyini o‘zgartirish, Surxondaryo viloyatidan chiqish, shuningdek, kafe, bar, restoran va ommaviy tadbirlarga borish taqiqlangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar