
Sevgan yigitidan iPhone 7 olib berishni so‘rab, yig‘lagan Anastasiya ismli qizning qilig‘i ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinib, foydalanuvchilarning kulgisiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Videoda Anastasiya ismli qizning mashina ichida sevgan yigitidan “olmali” smartfon olib berishni so‘rab yig‘lagani aks etgan. U yigitidan hozirning o‘zidayoq iPhone 7 olib berishni talab qilmoqda. “Men hammaga iPhone 7 olib berishingni aytganman. Sen esa uni haligacha sovg‘a qilganing yo‘q”, deb yig‘ladi qiz.
Yigit undan biroz kutishni, puli yo‘qligini aytganda, Anastasiya “iPhone 7 olib berishga va’da berganinggi besh oy bo‘ldi, ammo haligacha olib bermading, hoziroq olib ber”, deb ko‘z yoshi to‘kkan.
Qiz o‘zining mazkur harakatlari bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kulgisiga qoldi. Foydalanuvchilar qizni injiqlik qilayotgan yosh bolaga o‘xshatishdi. Viderolikni yarim million foydalanuvchi tomosha qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar