Bir necha hafta oldin bir nechta internet nashrlarda 2010 yilda tugatilgan «Alp Jamol Bank» haqidagi material keng auditoriyaga kredit tashkilotining ko‘plab aldangan omonatchilari musibatlari haqida eslatdi.
Ushbu yetti yillik voqeada haqiqatdan ham, birinchi navbatda, «Alp Jamol»ning sobiq rahbariyati tomonidan o‘z mijozlari oldidagi majburiyatlarini mutlaqo e’tibordan chetda qoldirish bilan bog‘liq ba’zi ochiq savollar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, litsenziyani bekor qilish va bank faoliyatini to‘xtatish, bank va soliqqa oid katta miqdordagi firibgarliklarga aloqador, shuningdek, moliya muassasasi ishini bankrotlikdan avvalgi holatga keltirib qo‘ygan uning egalari jinoiy faoliyatini tergov qilish natijalaridan so‘ng darhol ro‘y berdi.
Jinoyat ishining jamoatchilikka oshkor qilingan tafsilotlaridan ma’lumki, «Alp Jamol» boshlig‘i Muhiddin Asomiddinov «qora» valyuta operatsiyalarini o‘tkazib, nazorat qilingan firmalar foydasiga kreditlarni noqonuniy rasmiylashtirish, omonatchilarning mablag‘larini o‘zlashtirish va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash orqali ulkan daromadlar olgan.
Jinoiy yo‘l bilan olingan kapitalni yuvish uchun «Alp Jamol» egasi ko‘plab ko‘chmas mulk ob’ektlarini qurishni moliyalashtirdi. Ulardan eng mashhurlari «Versal» va «Sayohat» restoranlari bo‘lgan.
Hattoki «offshorlarda» ro‘yxatdan o‘tgan o‘z kompaniyalari hisoblariga katta miqdordagi valyutani o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan (ulardan birining soxta rahbari Asomiddinovning haydovchisi – Alimov X. bo‘lgan).
Ushbu hiyla-nayranglar ommaga oshkor bo‘lgandan keyin, mijozlarning aksariyati Asomiddinovni aldovda ayblashni boshlashib, o‘zlarining mablag‘lari villalar, hashamatli uylar va nufuzli avtomobillarni sotish olib uchun sarflangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi. Tergov natijalari ko‘rsatdiki, bu taxminlar haqiqatga juda yaqin bo‘lgan.
2011 yilgi sud qaroriga ko‘ra, «Alp Jamol»ning qariyb 10 nafar xodimi sudlandi, taxminan 120 mlrd so‘mlik pul mablag‘lari va boshqa aktivlar yetkazilgan zararni qoplash tarzida davlat daromadiga o‘tkazildi.
Biroq, huquqni muhofaza qilish organlaridan xabar berishganidek, Asomiddinovning o‘zi kredit muassasalari faoliyatini tekshiruvi boshidayoq qo‘shni Qozog‘istonda yashiringan.
Rasmiy manbalardan olingan ma’lumotga ko‘ra, jinoiy ishni tergov qilish va «Alp Jamol» mulkini musodara qilish hollariga qaramay, jismoniy shaxslar qatoridagi aksariyat omonatchilar o‘z mablag‘larini talab qilib olishga muvaffaq bo‘ldilar, ularning jami miqdori taxminan 28 milliard so‘mni tashkil etdi.
Shu bilan birga, qariyb shu summadagi 40 tijoriy tuzilmaning mablag‘lari musodara qilindi, sababi tergovchilar bu «soxta» firmalar Asomiddinovga aloqadorligi haqidagi dalillarni sudga taqdim etishgan, ular turli jinoiy sxemalarda qo‘llanilgan.
Ta’kidlash joizki, «Alp Jamol»ning sobiq egasi hozirgi kungacha Qozog‘istonda va mahalliy tadbirkorlar xabarlariga ko‘ra, qochishdan so‘ng dastlabki yillarda alohida moliyaviy ehtiyojlarga ega bo‘lmagan. Ammo avvalgi moliyaviy oqimlar yo‘qligi unga «avvalgidek yashash» imkoniyatini bermayapti.
Ehtimol, shuning uchun bugungi kunda O‘zbekistondagi iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlari va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning dinamik to‘lqinlari holatida, ko‘p yillardan so‘ng aktivlarni qayta talab qilib olish masalasi yana ko‘tarila boshlangandir?
Biz suhbatlashish imkoniga ega bo‘lgan tadbirkorlar, ularga Muhiddinning vakillari muayyan «pullar» evaziga jamiyatda kerakli kayfiyatni shakllantirib, omonatlarni qaytarish bo‘yicha kampaniyani boshlash uchun qat’iy taklif bilan murojaat qilishganini tan olishdi.
Yuqoridagilarga xulosa qilib, «Alp Jamol» bankining bir vaqtlar mablag‘larini «Xudodan bankir» Asomiddinovga ishonib topshirgan va keyinchalik teshik tog‘ora yonida qolgan sobiq mijozlariga hamdard bo‘lib qolamiz, xolos.
Ravshan Jamilov
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi