Farg‘onada 13 yoshli bola mashinada YTH sodir qildi

Farg‘onada 13 yoshli bola mashinada YTH sodir qildi

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida voyaga yetmagan o‘smir ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 23 may kuni soat 15:00 atrofida “Tepalik” mahallasi, Ehtirom ko‘chasida yuz bergan. 7-sinf o‘quvchisi bo‘lgan 13 yoshli bola uyda qarovsiz qoldirilgan otasiga tegishli Kia Sorento rusumli avtomobilni ruxsatsiz olib chiqib ketgan.

U mahalla hududida harakatlanar ekan, tezlikni oshirib yuborgan va oqibatda boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada avtomobil katta tezlikda borib, uylardan birining devoriga urilgan.

Tarqalgan videolardan ko‘rinishicha, vaziyat fojia bilan yakunlanishiga bir bahya qolgan. Yaxshiyamki, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Biroq avtomobil jiddiy texnik shikastlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar