Jeff Bezos asos solgan Prometheus startapi 12 milliard dollar investitsiya jalb qildi

1 daqiqa o'qish164
Jeff Bezos asos solgan Prometheus startapi 12 milliard dollar investitsiya jalb qildi

Jeff Bezos va Google kompaniyasining Verily boʻlinmasi sobiq hammuassisi Vik Bajaj tomonidan tashkil yetilgan Prometheus startapi 12 milliard dollar miqdorida mablagʻ jalb qilganini eʼlon qildi. Ushbu moliyalashtirish bosqichidan soʻng kompaniyaning umumiy qiymati 41 milliard dollarga yetdi. Investitsiya raundida shaxsan Bezosning oʻzi, shuningdek, JPMorgan Chase, Goldman Sachs va BlackRock kabi yirik moliya institutlari ishtirok yetdi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Prometheus oʻz oldiga “artificial general engineer” (universal sunʼiy intellekt muhandisi) yaratishni maqsad qilgan. Ushbu dasturiy taʼminot reaktiv dvigatellardan tortib murakkab dori birikmalarigacha boʻlgan jismoniy tizimlarni loyihalash va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga qodir boʻladi. Kompaniyaning asosiy ambitsiyasi — muhandislik ishlarining katta qismini AI texnologiyalari bilan almashtirishdan iborat.

Bezosning CNBC telekanaliga bergan intervyusiga koʻra, sunʼiy intellekt keltiradigan samaradorlik “mexnat taqchilligi”ga olib keladi. Bu koʻplab texnologik yetakchilarning ishsizlik haqidagi bashoratlariga zid keladi. Bezos AI iqtisodiyotda mahsuldorlikni oshirib, turmush darajasini koʻtarishini, natijada odamlar kamroq ishlash imkoniyatiga ega boʻlishini taʼkidlamoqda.

Hozirda San Francisco, London va Zurich shaharlarida 150 nafar xodimga ega boʻlgan Prometheus oʻzining aniq ishlanmalarini sir saqlamoqda. Jalb qilingan ulkan kapitalning asosiy qismi hisoblash quvvatlarini (compute needs) kengaytirishga yoʻnaltiriladi. Amazon asoschisi sifatida Bezos mehnat resurslarini boshqarishda katta tajribaga ega va u yangi texnologiyalar insoniyat farovonligi uchun xizmat qilishiga ishonadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?