Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchisini saylashga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Institut rektori O‘.Umrzoqov, Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Sh.Olimov va boshqalar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil qilingan mazkur tuzilma ertamiz davomchilarining haq-huquqlarini ta’minlash, ularda Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch hissini qaror toptirishda beqiyos ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18 iyuldagi «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mamlakatimiz qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlaydigan yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Institutning iqtisodiyot va menejment fakulteti to‘rtinchi bosqich talabasi Akmal Berdimurodov Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib saylandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar