Fransiyaliklarning Oʻzbekiston haqidagi fikrlari (foto)

1 daqiqa o'qish4.2K
Fransiyaliklarning Oʻzbekiston haqidagi fikrlari (foto)
Fransiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifiga jiddiy tayyorgarlik koʻrilmoqda. OʻzA muxbiri mazkur tashrif va Oʻzbekistondagi oʻzgarishlar haqida parijliklar bilan suhbatlashdi.

Boosh BAZЕN (iqtisodchi):
Fransiyaliklarning Oʻzbekiston haqidagi fikrlari (foto)
– Oʻzbekistonda barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilayotganidan xabardormiz. Eng diqqatga sazovor tomoni shuki, zamonaviy turizm infratuzilmasi rivojlantirilib, sayyohlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun keng koʻlamli sharoitlar yaratilayotgan ekan. Yaqinda mamlakatingizda borib kelgan tanishlarim Oʻzbekiston tarixiy obidalarga boy mamlakat ekanini aytdi. Demak, ularga qiziquvchilar koʻp boʻlishi tabiiy. Shuningdek, internet saytlarida mamlakatingizda sayyohlikning yangi turlari, jumladan, ekoturizm rivojlanayotganidan xabarim bor. Oʻzbekistonda qoʻriqxonalar, milliy bogʻlar, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar, yodgorliklar mavjudligi ekoturizmni istiqbolli yoʻnalishga aylantirish imkonini beradi.

Madlen BARSO (oʻqituvchi):
Fransiyaliklarning Oʻzbekiston haqidagi fikrlari (foto)
– Oʻzbekiston Fransiya bilan yaqin hamkorlik aloqalarini rivojlantirayotgani mamnuniyat uygʻotadi. Tarix kitoblarida Amir Temur haqida oʻqiganmiz. Parijdagi Luvr muzeyida boʻlganimda ham oʻsha davrga oid koʻplar eksponatlar bilan tanishganman.

Yaqinda taʼlim sohasida Oʻzbekistondan delegatsiya kelgani haqidagi xabarni oʻqidim. Maktabgacha, maktab, oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqilganidan xursand boʻldim. Oʻzbekistonda fransuz tili va madaniyati markazlarini tashkil qilish, ikki mamlakat taʼlim vazirliklari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish tarafdorimiz.

Moro BЕNUA (talaba):
Fransiyaliklarning Oʻzbekiston haqidagi fikrlari (foto)
– Oʻzbekistonga borishni moʻljallab turibman. Mamlakatingiz tarixiga qiziqaman. Qadimiy obidalarni asl holicha saqlab qolish borasidagi ishlar tahsinga sazovor. Oʻzbekistonga Fransiyadan koʻp sayyoh boradi. Ular bir olam zavq va taassurotlar bilan qaytmoqda. Targʻibot ishlari natijasida Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Toshkent, Qoʻqon, Shahrisabz kabi shaharlarda buyuk ajdodlaringizning yuksak isteʼdodi bilan bunyod etilgan obidalar oʻzining haqiqiy qadr-qimmatini topmoqda.

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yangi bosqichga koʻtarishi shubhasiz.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?