«Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJ bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan Dilshod Abdullayev 12 noyabr kuni 1-sonli Toshkent tergov izolyatorida vafot etdi. Uning yaqin qarindoshi ma’lumot berishicha, Abdullayevni 97 kun davomida «Toshturma»da saqlashgan.
Shu yilning avgust oyida Toshkentdagi yirik bozorlar rahbarlari rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish ishida ayblanib, qo‘lga olingandi. Ulardan biri «Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJ Kapital qurilish bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan Dilshod Abdullayev edi. Bozor mutasaddi xodimlari O‘zR Jinoyat kodeksining 167-modda 3-qismi «a» bandi, 168, 210 va 211-moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, ularga nisbatan jinoiy qo‘zg‘atilgandi.
Abdullayevning yaqin qarindoshiga ko‘ra, u joriy yilning 7 avgust kuni prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
«8 avgust kuni advokat kiritsak, «bu yerda unday odam yo‘q», degan javobni oldik. Prezident portaliga murojaat qilmoqchi bo‘lib, to‘polon qilganimdan so‘ng, «yo‘q, shu yerda», degan javobni berishdi», - deydi marhumning qarindoshi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Dilshod Abdullayev o‘z joniga qasd qilgan.
Xabarda aytilishicha, Abdullayev tergov davomida o‘zini nomaqbul tutganidan shubhalangan prokuratura vakillari unga nisbatan sud-psixiatrik ekspertizasini tayinlashga qaror qilgan. Ekspertiza xulosasida 43 yoshli Dilshodning hech qanday ruhiy kasallikdan azoblanmayotgani va ruhiy kasalliklar ro‘yxatiga qo‘yilmagani ma’lum bo‘lgan.
«Tergov davomida fuqaro D.Abdullayevga nisbatan ruxsat etilmagan hech qanday metodlar qo‘llanilmagan», - deya qo‘shimcha qilingan Bosh prokuratura xabarida.
Vaziyatga aniqlik kiritish uchun jazoni ijro etish muassasasi rahbariyati bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi. Ayni chog‘da Bosh prokuraturaga ham marhum qanday qilib, tergov hibsxonasida saqlanayotgan bir paytda, o‘z joniga qasd qilgani va qanday vositadan foydalangani noma’lum. D.Abdullayevning o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruv davom etayotgani ta’kidlandi.
13 noyabr kuni Dilshod Abdullayevning vafoti munosabati bilan janoza bo‘lib o‘tdi. Marhumni so‘nggi yo‘lga 20 yoshli o‘g‘li, yaqin qarindoshlari, hamkasb va do‘stlari kuzatib qo‘ydi.
Ayni paytda Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahridagi Savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish departamenti va «Bek to‘pi savdo kompleksi», «Chorsu buyum savdo kompleksi», «Chilonzor buyum savdo majmuasi», «O‘rikzor savdo kompleksi» bozorlari, «Eski Jo‘va dehqon bozori», «Yunusobod dehqon bozori» dehqon bozorlari va «Sergeli avtotransport va ehtiyot qismlari bozori» mansabdor shaxslariga nisbatan tergov davom ettirilmoqda.
Bosh prokuraturaning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, ayni paytgacha jinoyat ishiga doir 53 ta noqonuniy holat aniqlanib, 1,2 million AQSh dollari va 1,3 milliard so‘mga teng korrupsion harakatlar «isi chiqqan».
Kun.uz voqealar rivojini kuzatadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mirazizbek Mirzahalilov "Gubernator kubogi" turnirida o‘z jangini o‘tkazdi

Qanday ichimliklar ozishga yordam beradi?

Mikael Sekeyra: O‘zbek futboliga moslashishga to‘g‘ri kelyapti

Xitoy yigit bilan saharlik va iftor qildim...

Shavkat Mirziyoyev mansabdorlarning ishdan olinishini ularning bilimsizligi bilan izohladi

O‘zbekistonda 18 apreldan karantin talablari kuchaytiriladi

Italiya matbuotida «diktator-tarbiyasiz» bahsi: Erdo‘g‘an bir hafta kutdi, Dragi esa ortga qaytmadi

Farrux Toshpulatov: Angren shahar bo‘lim boshlig‘i M.Yusupovaga nisbatan tekshiruv ishlari yakunlandi