13:20 / 15.11.2018
2 400

Prezident Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

Prezident Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Nukusga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rahbarlik faoliyatida o‘ziga xos imiji, hayotiy prinsiplari bor. Bular – xalq ichiga kirib, odamlar hayotini bevosita ko‘zdan kechirish, ular bilan muloqot qilib, talab va istaklarini eshitish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan joyida tanishib, dolzarb masalalarni hal qilish, istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarni belgilab berish.

Shuning uchun davlatimiz rahbari mamlakatimiz hududlariga tez-tez safar qiladi. Shunday safarlarning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda.

Bu gal ham ilk manzil Qoraqalpog‘iston.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi