Toshkent shahar hokimligida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Integratsiyalashgan jamoat transporti strategiyasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash” mavzusi muhokama etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zaro muloqot davomida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt uchun transport infratuzilmasini takomillashtirish, bu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatishni zamon talablari darajasiga ko‘tarish muhimligini va bu borada ilg‘or davlatlar tajribasi o‘rganilganini qayd etgan.
Shuningdek, bu borada Janubiy Koreyaning import va eksport banki mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlar boshlanganligini ma'lum qilib, mazkur uchrashuv birgalikdagi ishlarning amaliy natijalardan biri ekanligini ta'kidladi.
Uchrashuvda Janubiy Koreya delegatsiyasi rahbari Syo Kyushik O‘zbekiston va Koreya munosabatlari turli sohalarda taraqqiy etib borayotgani, xususan, Toshkent shahar hokimligi bilan Janubiy Koreyaning bir necha shaharlari, tumanlari, korxona va tashkilotlari qo‘shma loyihalarni amalga oshirayotganligini aytib o‘tdi.
Yig‘ilishda Koreyaning Eksimbanki tomonidan Toshkent shahar transport infratuzilmasi uchun yangi konsepsiya taqdim etildi.
Mazkur konsepsiyada berilgan takliflarda poytaxtda jamoat transporti yo‘nalishlarini ko‘paytirish va shu orqali shaxsiy avtotransportlar harakatini kamaytirish taklif etilgan. Koreyalik mutaxassislarning ahamiyatli takliflaridan yana biri tezyurar avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘lib, bu shahar ichida bir manzildan ikkinchisiga tez, oson va qulay yetib olishni ta'minlaydi.
Qolaversa, konsepsiyada bu tizimdagi xususiy tarmoq ishini rivojlantirish kabi qator ilg‘or tashabbuslar ilgari surilgan bo‘lib, endi shahar hokimligi va poytaxt jamoat transportiga mas'ullar bilan birgalikda ushbu takliflarni hayotga joriy etish masalalari ko‘rib chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi