
Badavlat bir odam qo‘shnisidan so‘rabdi:
— Men o‘limimdan keyin hamma narsamni xayriya fondiga berishlarini vasiyat qilsam ham nega meni xasislik va qizg‘anchiqlikda ayblaydilar-a?
— Men senga bir hikoyani aytaman, — dedi qo‘shnisi, — bir cho‘chqa sigirga nolibdi: «Odamlar sening oqko‘ngilliging va mehring haqida gapiradilar. Sen faqat sariyog‘ va sut oladilar. Men ularga go‘sht, kolbasa, yog‘... Nimam bo‘lsa hammasini olishadi. Lekin nega meni hech kim yaxshi ko‘rmaydi?»
Sigir biroz o‘ylab, javob berdi: «Balki, men bularning hammasini tirikligimda berayotganimdandir?»
Hissa: Ey inson, yaxshilikni, xayr ishingni tirikligingda, o‘lim farishtasi yetib kelmasidan qilib qolgin!
Shoir aytganidek:
Fikr birla aylagil shafqat o‘lumdin ilgari,
Dargahiga aylagil xizmat o‘lumdin ilgari,
Jurm etgoningga qil hasrat o‘lumdin ilgari,
Ro‘zu shab tangriga qil toat o‘lumdnn ilgari,
Manzilingni aylagil jannat o‘lumdin ilgari.
Yoqub Umar.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar