19:19 / 29.07.2020
2 569

Navoiyda mahkumlarga yana yengillik berildi

Navoiyda mahkumlarga yana yengillik berildi
Bugungi kunda sudlar tomonidan, ozodlikni cheklash, axloq tuzatish ishlari va boshqa jazolarni o‘tayotgan, o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik prinsipiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilroq turdagi jazoga almashtirib, bu toifadagi ishlarni o‘z vaqtida, qonuniy va adolatli ko‘rilayotgani ahamiyatli hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.

Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida 2020 yil 23 iyul kuni o‘tkazilgan sud majlisida, 6 nafar mahkumlarga nisbatan Navbahor tuman IIO Probatsiya guruhi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 1 nafar mahkumning jazosi yengilrog‘iga almashtirildi, 4 nafar mahkumlar jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar, shuningdek, 1 nafar mahkum mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi munosabati bilan jazodan ozod qilindi.
Asosiy maqsad, odil sudlovni amalga oshirish hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qilgan holda ularni huquqiy ongini oshirish va jamiyatda adolat mezonini targ‘ib qilish hisoblanadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining
devonxona mudiri
B.Farmonov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda mahkumlarga yana yengillik berildi