Rossiyada 14 yoshli o‘smir liftda ayovsiz kaltaklandi

Rossiyada 14 yoshli o‘smir liftda ayovsiz kaltaklandi

Rossiyaning Vladivostok shahrida voyaga yetmagan o‘smirga nisbatan shafqatsiz zo‘ravonlik holati yuz berdi. Ma’lum qilinishicha, bir erkak liftga kirish vaqtida tasodifan tegib ketgan 14 yoshli bolaga tajovuz qilib, uni ayovsiz kaltaklagan.

Guvohlarning aytishicha, o‘smir erkakdan bir necha bor uzr so‘raganiga qaramay, hujumchi uni tinimsiz urishda davom etgan. Hodisa nafaqat lift ichida, balki undan tashqaridagi yo‘lakda ham davom etgani aytilmoqda.

Eng achinarlisi, ushbu dahshatli voqea bolaning atigi 6 yoshli ukasi ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Bu esa voqeaning ruhiy ta’sirini yanada og‘irlashtiradi.

Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, jabrlanuvchiga bosh miya yopiq jarohati va gematoma tashxisi qo‘yilgan. Hozirda uning sog‘ligi shifokorlar nazoratida.

Oila ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda esa hujum qilgan shaxsning kimligi aniqlanmagan va uni qidirish ishlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar