OTMga qabul kvotalarini ta’lim yo‘nalishlari va shakllari bo‘yicha umumiy qilib belgilash taklif etildi

1 daqiqa o'qish1.6K
OTMga qabul kvotalarini ta’lim yo‘nalishlari va shakllari bo‘yicha umumiy qilib belgilash taklif etildi
Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qilib belgilash taklif qilindi. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tegishli petitsiya joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalarini ta’lim yo‘nalishlarining ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qilib belgilash kerak.

“Hozirgi tartib bo‘yicha boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentning to‘plagan balli shu yo‘nalishning kechki yoki sirtqi ta’lim shakliga to‘g‘ri kelsa-da, u talaba bo‘lish baxtiga erisha olmaydi. Yoki boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga topshirgan abituriyent 120 ball to‘plab ham o‘qishga tavsiya etilmasligi mumkin.

Lekin, shu ta’lim yo‘nalishining sirtqi ta’lim shakliga kirish balli 110 ball bo‘lishi mumkin. Ammo unga ham qabul qilinmaydi. Buning sababi ta’lim shakli boshqa bo‘lganida
”, – deb yozadi murojaat muallifi.

Ta’kidlanishicha, agar kvota umumiy qilib belgilansa, to‘plangan ballar ketma-ketligi asosida avval kunduzgi, keyin kechki va oxirida sirtqi ta’lim shakllari asosida talabalikka tavsiya etilishi mumkin bo‘ladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qilib belgilash taklif qilinmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?