12:24 / 21.05.2021
4 606

800 dollarga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilganlar ushlandi


Foto: Bosh prokuratura departamenti
Xorazm viloyatida fuqarolarga pul evaziga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan IIB viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro G.M. haydovchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan «X.» MCHJ o‘qituvchisi S.I. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, 4 nafar fuqaroga avtomobil boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgani aniqlangan.

Haydovchilik guvohnomalari evaziga 750 AQSH dollari va 500 ming so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 800 dollarga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilganlar ushlandi