74 yoshli onaxon paraplanda ucha turib qo‘shiq kuyladi va internet yulduziga aylandi

Qozog'istonlik 74 yoshli onaxon Turkiyada paraplanda uchib, o'zining uzoq yillik orzularidan birini amalga oshirdi. Balandlikdan umuman qo'rqmagan u parvoz paytida qo'shiq kuylab, paraplan boshqaruvchisining ham kayfiyatini ko'tardi. Ushbu samimiy lahzalar aks etgan videoni onaxonning nevarasi ijtimoiy tarmoqlarga joyladi. Qisqa vaqt ichida keng tarqalgan mazkur video minglab foydalanuvchilarning iliq fikrlariga sabab bo'lib, uning internet yulduziga aylanishini ta'minladi.
Qozog‘istonlik 74 yoshli onaxon o‘zining jasorati va hayotga bo‘lgan muhabbati bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, u Turkiyada paraplanda uchib, uzoq yillik orzularidan birini amalga oshirgan. Eng qizig‘i, balandlik onaxonni umuman qo‘rqitmagan.
Aksincha, parvoz davomida u qo‘shiq kuylab, paraplan boshqaruvchisining ham kayfiyatini ko‘targan. Ushbu samimiy va quvnoq lahzalar aks etgan video keyinchalik onaxonning nevarasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.
Video qisqa vaqt ichida keng tarqalib, minglab foydalanuvchilarning iliq fikrlariga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik onaxonning energiyasi, jasorati va hayotdan zavqlanish qobiliyatini e’tirof etmoqda.































Izohlar 0
…