
Foto: The Voice
Hind kinosi yana trendda, «RRR: Inqilob yaqinlashmoqda» blokbasteridagi chiroyli va quvnoq raqs film premerasi oldidan tomoshabinlarning qalbini zabt etdi va tarixda ilk bor «Eng yaxshi qoʻshiq» nominatsiyasida «Oltin globus»ni qoʻlga kiritdi.
Naatu Naatu raqsining mashhurlikka erishish siri nimada?
Ikki hindistonlik aka-uka ingliz mustamlakachilarining bazmida raqsga tushgani aks etgan video 2021 yilda, rejissyor Rajamouli tomonidan suratga olingan va «RRR: Inqilob yaqinlashmoqda» filmining premerasidan oldin namoyish etilgan. Raqs tom ma'noda butun dunyoda katta mashhurlikka erishdi: bolalar ham, kattalar ham ijtimoiy tarmoqlarda chellenjlar uyushtirib, juftlikning raqsini takrorlashga harakat qildi. Haqiqatan ham, telugu tilida ijro etilgan ushbu qoʻshiqning sadolari bilan bir joyda shunchaki turish mumkin emas.
Kino mutaxassislar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bilan bir xil fikrda edi: vokal-raqs nomeri «Oskar — 2023» va «Oltin globus — 2023» mukofotiga nomzodlar roʻyxatiga kiritildi. «Oltin globus» mukofotining natijalari e'lon qilindi: Naatu Naatu hind filmilaridagi musiqalar orasidan nufuzli jahon mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi qoʻshiq boʻldi.
Hind kinosi bir necha oʻn yillar davomida butun dunyo boʻylab millionlab muxlislariga ajoyib motivlar va raqslarni taqdim etib kelayotgani hisobga olinganda, bu ajablanarli holat ekanini aytish mumkin. Umuman olganda, 2008 yilda «Xarobadan chiqqan millioner» filmidagi hind qoʻshigʻi «Oskar» mukofotiga sazovor boʻlganini yodga olish kerak, biroq bu film britaniyalik Denni Boyl boshchiligidagi transmilliy loyiha edi.
Naatu Naatu qoʻshigʻini va undagi raqsni kimlar oʻylab topgan?
Bu masala butunlay hind kinoijodkorlarining sa'y-harakatlari va xizmatlari samarasi hisoblanadi. Qoʻshiqni bastakor Kiravani va shoir Chandrabos yozgan, Rahul Sipligunj va Kaala Bhayrava esa uni kuylagan. Filmning bosh qahramonlari, telugu aktyorlari Ram Charam va kichik Rama Rao, ajoyib raqqoslar, ular xoreograf Prem Rakshitning dramatik qarashlarini mukammal tarzda raqsda aks ettirib bergan.
Naatu Naatu qoʻshigʻi nima haqida?
Film syujetiga koʻra, hindistonlik aka-ukalar britaniyalik boylarning (ular bir-biriga doʻst boʻlmaydi) mulkidagi bazmda paydo boʻlib, raqs bellashuvini uyushtiradi. Bu voqea oʻtgan asrning 20 yillarida sodir boʻladi va voqealarning bunday rivojlanishi stsenariy mualliflarining ixtirosi emas. Raqs marafonlari oʻsha yillardagi yoshlar orasida juda mashhur boʻlib, unda eng bardoshli va mohirlar gʻolib boʻlishgan, qolganlari esa tom ma'noda charchoqdan yiqilib tushgan. Toʻgʻri, hind kinosida bu biroz epik tarzda koʻrsatilgan.

Foto: The Voice
Qoʻshiq matni aslida, Naatu Naatu raqsini qanday ijro etish kerakligini badiiy tasvirlashga bagʻishlangan. Uning harakatlari yirtqich hayvon bilan jang, achchiq, yashil qalampir eyish va qushning baland ovozda qoʻshiq aytishi bilan taqqoslanadi.
Hind kinosidagidek raqsga tushishni oʻrganish mumkinmi?
«RRR: Inqilob yaqinlashmoqda» filmidagi nomerning ustun tomoni shundaki, u hind san'atining qadimiy an'analari va zamonaviy raqslarini uygʻunlashtirib, ritual harakatlarni 6/8 ritmda xip-xop amaliyoti bilan aralashtirib yuborgan. Naatu Naatu raqsining markazida ilgak qadam, harakatlar ketma-ketligi mavjud, uni tayyorgarliksiz takrorlash oson emas, biroq qattiq mashq qilsangiz raqsni ijro eta olishingiz mumkin.
Filmdagi ikkala raqqos ham juda aniq va tez oyoq harakatini namoyish etadi. Ushbu uslub mukammal tayyorgarlik va jiddiy jismoniy kuch talab qiladi, tashqaridan koʻrib baho berish mumkinki, ijrochilar tom ma'noda kolibri qushi kabi uchib yuradi.
Ram ham, Rama ham Bollivudni (aniqrogʻi, Tollivud — telugu tilidagi kino sanoat shunday nomlanadi) izolyatsiyalash texnikasini mukammal egallaydi, raqsda bosh harakatsiz qoladi va tana aql bovar qilmaydigan narsani qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar