19:13 / 16.01.2023
531

«Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining ikkinchi fasli taqdimoti o‘tkazildi (foto)

«Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining ikkinchi fasli taqdimoti o‘tkazildi (foto)
«Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining ikkinchi fasli taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot davomida Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Aytish kerakki, tarixni jonlantirish, badiiy talqin orqali o‘sha davr ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy hayotini ko‘rsata olish ijodiy jamoadan katta kuch, sabr va mahorat talab qiladi. Eng muhimi, ijodiy jamoa zimmasida ushbu serial orqali targ‘ib etilgan g‘oyani tomoshabinga to‘laqonli yetkazib berish mas’uliyati turadi.

O‘ylaymizki, turk kinoijodkorlari bilan hamkorlikda tasvirga olingan ushbu serialning ikkinchi faslida jamoa qaysidir ma’noda bunga erisha oldi. Xalqona aytganda, biz «imtihon» topshirdik, xolis bahoni esa albatta, xalqimiz beradi
, – dedi Ozodbek Nazarbekov.

Ma’lum qilinishicha, «Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining ikkinchi fasli Zo‘r TV telekanali orqali haftaning har shanba kuni soat 21:10daefirga uzatiladi.

Serialda Javohir Zokirov — Chingizxon, Yulduz Rajabova — Qutlibeka, Emre Kiviljim — Jaloliddin Manguberdi, Gulenay Kalkan — Turkon Xotun, Kaan Yalchin Sulton — Alovuddin Muhammad, Sezgin Erdemir — Temur Malik, Ra’no Shodiyeva — Xorazmshoh Alovuddin Muhammadning xotini Oychechak, Rayhon Ulasenova — Alovuddin Muhammadning xotini, O‘zloqshoh va Oqshohning onasi, aktyorlar Jamshid Sagatov va Akmal Mirzo — mo‘g‘ul sarkardalari, Alixan — Chingizxonning o‘g‘li Jo‘ji, Jahongir Abdumalikov — Jaloliddin Manguberdinging muhofizi rollarini ijro etishgan.

Birinchi mavsum uzoq vaqt davomida suratga olinganining o‘ziga yarasha sabablari bor, chunki umuman olib aytganda, 11 oy Turkiyada bo‘lgan ekanmiz, deyarli bir yil. Gap ijodiy jamoaning mahorati kamligida emas, bunga pandemiya sabab bo‘ldi. Shunday ekan, bu ham O‘zbekistonni, Turkiyani, ijodiy jamoamizni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Biroq shunga qaramasdan ijodiy jamoamiz bilan inoq bo‘lib, bir oila bo‘ldik va ishlashimiz yanada jadallashdi.

Tushkunlikka tushib qolmaslik uchun biz tasvirga olish jarayonlarini ham, sport mashg‘ulotlarini ham tashlab qo‘ymadik. To‘g‘ri, oson kechmadi. Ayrim sabablarga ko‘ra Ra’no Shodiyeva serialning ikkinchi mavsum premerasida ishtirok eta olmayapti, sababi havo sovuq. Ular esa yaqinda muolajadan chiqdi. O‘zimiz ularning uyda qolishi kerakligini aytdik, — deydi aktrisa Rayhon Ulasenova.



Kinoda hamma narsa mujassam va bu bizning shou-biznes, kinemotografiyadagi bardam qadam deb o‘ylayman. Men juda ham maza qilib, o‘zimni obrazimda mashaqqatli ekanini bilib ijro etdim, qahramonim Jaloliddindek odamdan hayiqadi va oxirida unga raqib bo‘lganidan hayratda qoladi, — deydi serialda Chingizxon rolini ijro etgan o‘zbek aktyori Javohir Zokirov.

Avvalo, «Mendirman Jaloliddin» serialining barcha muxlislariga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Serialning ikkinchi mavsumi juda ham qiziqarli, har xil voqealarga boy bo‘ladi, dramaturgiya jihatidan ham yuksalishlar bor. Xalqimizga manzur keladi, degan umiddamiz.

Biz serialda jang sahnalari bo‘lishini bilar edik. Bunga ham tayyorgarlik ko‘rdik. Albatta, bu ham jarohatlarsiz bo‘lmadi. Hammasining uddasidan chiqdik, deb o‘ylayman. Ikkinchi mavsumda ham juda ko‘p jang sahnalari bor. «Mendirman Jaloliddin» seriali shaxsan menga katta tajriba berdi. Serial uchun turk tilini, jangga tushishni, ot ustida yurishni o‘rgandik. Bu serialda nima qilingan bo‘lsa, biz hammasidan tajriba oldik.

Emre ham bu yerga kelishni istadi, biroq yangi loyihada suratga tushayotgani sababli kela olmadi. U buning uchun muxlislaridan uzr so‘rashimni aytdi
, — deydi Aktrisa Yulduz Rajabova.

Shahzoda Oqshohning roli ham yuki bor rollardan biri hisoblanadi. Ikkinchi mavsum birinchi mavsumga nisbatan ancha tez suratga olindi. Uch oy davomida 17 qismni suratga oldik. Serialda jang sahnalari ko‘p bo‘lgani uchun og‘ir jismoniy harakatlarni talab qildi. Bu juda ham muhim, qiziq jarayon bo‘ldi, deb o‘ylayman.

Serialning 15-qismini suratga olayotganimizda oyog‘imga pichoq kirib ketganini suratga olish jarayonlari tugagandan keyin bilganman. Oyog‘imga qarasam, pichoq kirgan, qonayapti, rol o‘ynayotganimizda unga shunchalik kirib ketganimdan pichoq kirib ketganini sezmaganman. Qolgan sahnalarda ham kichik jarohatlar bo‘ldi, lekin katta jang sahnalarini jarohatlarsiz suratga oldik, — deydi serialda Oqshoh rolini ijro etgan aktyor Yahyo Po‘latov.

Ikkinchi mavsum juda ham tez suratga olindi. Sababi birinchi mavsumda jangovarlik, ot minish, qilichbozlik san’atlari bo‘yicha mashg‘ulotlardan o‘tib bo‘lgan edik. Shuning uchun judayam oson kechdi. Ikkinchi mavsum boshqalariga qaraganda chiroyliroq chiqdi, deb o‘ylayman. Chunki jang sahnasi juda ham ko‘p.

Foto: «Daryo»
Jarohatlarga keladigan bo‘lsak, unaqa qattiq jarohatli vaziyatlar bo‘lmadi. Serial juda katta tajriba berdi. Chunki bu mening birinchi katta loyiham va bu davomiy bo‘ladi degan umiddaman, — deydi aktyor Jahongir Malikov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining ikkinchi fasli taqdimoti o‘tkazildi (foto)