17:44 / 06.06.2023
152

Yandex Go O‘zbekistonda an’anaviy naqshlar loyihasini ishga tushirdi

Yandex Go O‘zbekistonda an’anaviy naqshlar loyihasini ishga tushirdi
6 iyun kuni Yandex Go xizmati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi ko‘magida “An’analarga e’tibor” loyihasini ishga tushirdi. Xizmat mamlakat aholisi va mehmonlarini qadimiy naqshlar, ularning tarixi va ramzlari bilan tanishtiradi.
 
An’anaviy naqshlar O‘zbekiston tarixi va madaniyatining muhim qismidir. Ammo zamonaviy dunyoda ular yod etib turilmasa, ularning xotirasi aniq tarzda yo‘q bo‘ladi. ORNAMENTS tadqiqot guruhi bilan birgalikda kompaniya o‘nta rang-barang naqshni tanladi – endilikda Xrizantema, Anorgulin, Rafida va boshqa bezaklarni Yandex Go xizmati orqali buyurtma orqali kelgan avtomobillarda ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston madaniyati betakror va serqirradir. Ko‘p asrlik merosni asrab-avaylash yo‘llaridan biri zamonaviy kontekstda an’anaviy naqsh va ramzlarni mujassamlashtirishdir. Biz shahar ko‘chalarida yuzlab mashinalarda qatnovchi odamlar ularni tanishi uchun O‘zbekistonning turli viloyatlaridan naqshlarni tanladik. O‘zbekistonda turizm ham faol rivojlanmoqda va bizning loyihamiz mamlakatning diqqatga sazovor joylariga ko‘proq sayohatchilarni jalb qilishga yordam beradi, deb o‘ylaymiz”, — dedi Mirzohid Solihov, Yandex Go ning hududiy menejeri.
 
O‘zbekistonning boy madaniy merosini asrab-avaylash vazirlik faoliyatida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan muhim mavzudir. Yandex Go kompaniyasi butun mamlakat bo‘ylab milliy madaniyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday yirik loyihani amalga oshirayotganidan mamnunmiz”, - deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi madbuot xizmati xabarida.
O‘zbek bezaklari juda yorqin va go‘zal. Lekin biz nafaqat yoqimli, balki foydali loyihani ham amalga oshirishni xohladik.  Shuning uchun 300 dan ortiq raqamli an’anaviy naqshlarga ega bo‘lgan oson va qulay veb-saytni yaratdik.  Shu kunlarda jamoamiz yanada ko‘proq bezaklarni topish va aks ettirish uchun navbatdagi ekspeditsiyaga jo‘nab ketmoqda. Eng muhimi, raqamlashtirilgan bezaklar keng qo‘llaniladi. O‘z tashabbusi bilan nafaqat loyihani rivojlantirishga, balki butun O‘zbekistonning an’anaviy madaniyatini ommalashtirishga ko‘maklashayotgan Yandex Go jamoasiga ham rahmat”, — Sardor Babayev, ORNAMENTS loyihasi kuratori.
 
Foydalanuvchilar ilovada va loyiha veb-saytida naqshlarning ma’nolari haqida ko‘proq ma’lumot olishlari, shuningdek, xizmat mavjud bo‘lgan shaharlar bo‘ylab sayohat qilish orqali ularni jonli ravishda o‘rganishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun loyiha jamoasi onlayn gidlarni yaratdi – ular tez orada saytda paydo bo‘ladi. Yandex Go-da avtomobilga buyurtma berib, o‘zingizga yoqqan joyga qulay tarzda yetib olishingiz mumkin. Misol uchun, binolarining fasadi va intereri yog‘och hamda ganch o‘ymakorlik, rasmlar bilan bezatilgan Toshkentdagi Hazrati Imom ansambliga tashrif buyurishingiz mumkin. Buxoroda esa mashhur buxorolik ustalar tomonidan bezatilgan Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyining intererini o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rishingiz mumkin.
Loyihada jami 300 ta avtomashina xizmat ko‘rsatayotgan yetti shahar: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Qo‘qon, Marg‘ilon, Namangan ishtirok etadi.
 
 "ORNAMENTS" loyihasi hamkori haqida
TBC Ornaments– TBC Bank Uzbekistonning ijtimoiy loyihasi bo‘lib, uning maqsadi O‘zbekiston amaliy san’ati va xalq amaliy san’atining raqamlashtirilgan naqshlarining to‘liq didjital katalogini yaratish, uni o‘z brendini yaratishda mazkur bezaklardan foydalana oladigan hamma qo‘llay oladigan kelajakdagi mahsulotlar uchun foydalanish imkonini berish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yandex Go O‘zbekistonda an’anaviy naqshlar loyihasini ishga tushirdi