Surayyo Qosimova: "Men uchun duoda bo‘linglar” (video)

Surayyo Qosimova: "Men uchun duoda bo‘linglar” (video)

Taniqli xonanda Surayyo Qosimova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali muxlislariga murojaat qilib, salomatligi bilan bog‘liq jiddiy muammolar sabab ijodida ma’lum muddat tanaffus qilishini ma’lum qildi.

Xonanda videomurojaatida yaqinda shifokor qabulida bo‘lgani va unga salomatligi bilan bog‘liq jiddiy tashxis qo‘yilganini aytdi. Biroq u qanday kasallik aniqlangani yoki tashxis tafsilotlarini ochiqlamadi.

«Biz hozirgina shifokor qabulidan keldik.. Men shifokordan sog‘lig‘im borasida jiddiy muammo borligini eshitdim. Shu munosabat bilan sizlarga murojaat qilyapman», — dedi xonanda.

Surayyo Qosimova salomatligi sabab bir muddat ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘la olmasligini, yangi kontent va yangiliklar joylay olmasligini ham ma’lum qildi.

«Men uchun duoda bo‘linglar. Yaxshi kunlarda ko‘rishish barchamizga nasib qilsin, inshaalloh», — deya murojaatini yakunlagan xonanda.

Xonandaning ushbu videomurojaati uning muxlislarini xavotirga soldi. Kuzatuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda unga ezgu tilaklar bildirib, tezroq sog‘ayib, yana ijodga qaytishini tilamoqda.

Tahririyatimiz ham Surayyo Qosimovaga mustahkam sog‘lik va tezroq shifo topishini tilaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar