Zebo Raximova va Umid Eshonqulov qaysi vaynchilarni kuzatadi?

Aktrisa va bloger Zebo Raximova hamda Umid Eshonqulov “Afishaga” bergan intervyusida muxlis sifatida kuzatib boradigan vaynchilar jamoalari haqida gapirdi.
Suhbat davomida Zebo Raximovaga: “Qaysi Instagram blogerning ijodini haqiqatan ham muxlis sifatida sevib kuzatasiz?” deya savol berildi.
Aktrisa bunga javoban bir nechta vaynchilar jamoasini alohida e’tirof etdi.
“Unaqalar ko‘p. Masalan, Mitti.me jamoasini, Bobur Mansurov jamoasini, Mo‘min Live jamoasini yaxshi ko‘rib, mazza qilib kuzataman”, — dedi Zebo Raximova.
Umid Eshonqulov esa vayn yo‘nalishida ijod qilayotganlar orasida Mo‘min Live, Bobur Mansurov va Mitti.me jamoalarini ham kuzatishini aytdi.
“Vayn yo‘nalishida, masalan, Mo‘min Live, Bobur Mansurov, Mitti.me yaxshi ijod qilishyapti. Bular ham, qolganlari ham. Ko‘p kuzatamiz. Aytsam, hozir uzun bo‘lib ketadi”, — deya javob berdi u.































Izohlar 0
…