To‘y mehmonlariga qimmatbaho taqinchoqlar ulashildi (video)

Qozog‘istonlik bloger Janerke Elshin ota-onasining 60 yillik yubileyi munosabati bilan katta to‘y tashkil etdi. Taxminan 150 nafar mehmon qatnashgan tadbirda taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etilgan.
Bayramning eng ko‘p muhokama qilingan jihatlaridan biri mehmonlarga tayyorlangan sovg‘alar bo‘ldi. Ularga turli qimmatbaho buyumlar, jumladan, toshlar bilan bezatilgan zargarlik taqinchoqlari tarqatilgan.
Dastlab ijtimoiy tarmoqlarda mehmonlarga brilliantli taqinchoqlar berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinchalik Janerke Elshin sovg‘alardagi toshlar tabiiy brilliant emas, balki moissanit ekanini ma’lum qilgan.
Shuningdek, tadbirda Dyson texnikalari, yuvish qurilmalari va smartfonlar kabi boshqa sovg‘alar ham o‘ynalgan. Bloger tayyorlangan sovg‘alar soni mehmonlar sonidan ham ko‘proq bo‘lganini aytgan.






























Izohlar 0
…