Open Budget orqali qurilgan stadion tadbirkorga ijaraga berilgani aytildi

Open Budget orqali qurilgan stadion tadbirkorga ijaraga berilgani aytildi

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Open Budget loyihasi doirasida aholi tashabbusi bilan qurilgan stadionning keyinchalik tadbirkorga ijaraga berilgani haqida xabar tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘shtepa mahallasi aholisi ovoz berish jarayonida faol ishtirok etib, stadion qurilishi loyihasini g‘olib qilgan. Obyekt qurilib, foydalanishga topshirilganidan so‘ng mahalla aholisi undan foydalana boshlagan.

Biroq oradan vaqt o‘tib, mazkur stadion auksionga chiqarilib, tadbirkorga ijaraga berilgani ma’lum bo‘lgan. Aytilishicha, bu haqda mahalla aholisi, hatto mahalla raisi ham oldindan xabardor bo‘lmagan.

Shundan so‘ng aholi masalani jamoatchilik faoli Xushnudbek Xudoyberdiyevga yetkazgan. U o‘z podkastida ushbu holat yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qilganini ma’lum qilgan.

Xushnudbek Xudoyberdiyevning aytishicha, vazirlikka murojaatidan so‘ng holat o‘rganilgan va muammo hal etilgan.

Ayni paytda stadionning qaysi asosda auksionga chiqarilgani, ijara shartlari va keyinchalik qanday qaror qabul qilingani yuzasidan rasmiy idoralarning to‘liq izohi ochiq manbalarda mavjud emas.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar