Qidiruvdagi “Volkswagen” avtomashinasi topilib, jarima maydoniga joylashtirildi

Qidiruvdagi “Volkswagen” avtomashinasi topilib, jarima maydoniga joylashtirildi

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi Qidiruv bo‘limi tomonidan ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida qidiruv tadbirlari amalga oshirildi.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 1 ta ijro hujjati bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan fuqaroning qidiruvdagi “Volkswagen” rusumli avtomashinasi aniqlanib, belgilangan tartibda ushlandi hamda jarima maydoniga joylashtirildi.

Mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlikning umumiy miqdori 169.449,0 ming so‘mni tashkil etadi. Hozirda avtomashinani belgilangan tartibda auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro hujjatlarida ko‘rsatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va ixtiyoriy ravishda bajarish zarurligi eslatib o‘tiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar